Asarda Meksikaga yetib olish uchun bir qancha mamlakatlarni noqonuniy kesib o‘tishga majbur bo‘lgan Chingiz ismli yigit haqida hikoya qilinadi. Bu safar immigratsiya politsiyasidan qochish, mahalliy to‘dalar bilan to‘qnashish va xavfli hududlarni bosib o‘tish kabi qiyinchiliklarga to‘la. Voqealar sarguzasht, drama va hajvni o‘zida mujassam etib, oila, yaqinlar uchun fidoyilik hamda iroda mustahkamligi mavzularini yoritib beradi.